Markaziy bank tomonidan 11-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Dollar kursi 12 020,90 so‘mni tashkil etib, kun davomida 17,72 so‘mga oshdi.
1-dekabrdan buyon dollar kursi bir necha marotaba o‘zgarib, turli yo‘nalishlarda tebranishda davom etdi. 1-dekabr kuni AQSh valyutasi 11 940,95 so‘m bo‘lib, oldingi kunga nisbatan 38,65 so‘mga ko‘tarilgan edi.
2-dekabrda esa pasayish kuzatildi — dollar 11 895,57 so‘mga tushib, 45,38 so‘mga arzonlashdi. 3-dekabrda pasayish davom etib, kurs 11 880,93 so‘mni tashkil etdi (−14,64 so‘m).
4-dekabr kuni bozor yo‘nalishi o‘zgardi va dollar yana mustahkamlanib, 11 912,38 so‘mga ko‘tarildi (+31,45 so‘m). 5-dekabrda esa haftaning eng katta o‘sishi qayd etilib, kurs 50,85 so‘mga oshdi va 11 963,23 so‘mga yetdi.
9-dekabrda dollar 11 990,09 so‘m (+26,86 so‘m), 10-dekabrda esa 12 003,18 so‘m (+13,09 so‘m) bo‘ldi. 11-dekabrga kelib kurs yana o‘sib, 12 020,90 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 1,41 so‘mga oshib 13 988,72 so‘mga yetgan, rubl esa 1,19 so‘mga pasayib 155,49 so‘mni tashkil qilgan.

