Markaziy bank tomonidan 12-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Dollar 26,55 so‘mga oshib, 12 047,45 so‘mni tashkil etdi.
So‘nggi kunlarda AQSh valyutasi kursi tebranishda davom etmoqda. 1-dekabrda dollar 11 940,95 so‘m bo‘lib, bir kunda 38,65 so‘mga ko‘tarilgan edi.
2-dekabrda esa pasayish qayd etildi — kurs 11 895,57 so‘mgacha tushdi (−45,38 so‘m). 3-dekabrda dollar yana arzonlashib, 11 880,93 so‘mni tashkil etdi (−14,64 so‘m).
4-dekabrda bozor yo‘nalishi o‘zgardi va valuta yana mustahkamlanib, 11 912,38 so‘mga ko‘tarildi (+31,45 so‘m). 5-dekabr esa haftaning eng katta o‘sishi bilan ajralib turdi — 50,85 so‘mlik sakrash natijasida kurs 11 963,23 so‘m bo‘ldi.
9-dekabrda dollar 11 990,09 so‘m (+26,86 so‘m), 10-dekabrda esa 12 003,18 so‘m (+13,09 so‘m) darajasiga yetdi. 12-dekabrga kelib esa o‘sish davom etib, kurs 12 047,45 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 110,41 so‘mga oshib 14 099,13 so‘m, rubl esa 3,59 so‘mga pasayib 151,90 so‘m bo‘lgan.
Avvalroq Finpress.uz 11-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

