Markaziy bank tomonidan 5-dekabr uchun amaldagi valyuta kurslari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari yana qimmatlashib, 11 963,23 so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan kunga nisbatan +50,85 so‘mlik o‘sish demakdir.
So‘nggi kunlarda dollar kursi bir necha bor o‘zgarib turdi. 26-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 936,89 so‘mni (-51,43 so‘m), 27-noyabrda 11 881,60 so‘mni (-55,29 so‘m), 28-noyabrda esa 11 902,30 so‘mni (+20,7 so‘m) tashkil qilgan. 1-dekabrda kurs 11 940,95 so‘mga (+38,65 so‘m), 2-dekabrda 11 895,57 so‘mga (-45,38 so‘m) o‘zgargan. 4-dekabrda esa dollar 11 912,38 so‘mga (+31,45 so‘m) ko‘tarilgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro ham sezilarli o‘sib, 13 970,66 so‘m (+97,5 so‘m) bo‘ldi. Rossiya rubli esa 1,96 so‘mga qimmatlashib, 155,35 so‘m etib belgilandi.

