9-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 990,09 so‘m (+26,86 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
26-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 936,89 so‘mga (-51,43 so‘m), 27-noyabr kuni 11 881,60 so‘mga (-55,29 so‘m), 28-noyabr kuni AQSh valyutasi 11 902,30 so‘mga (+20,7 so‘m) tenglashgan. 1-dekabr kuni dollar 11 940,95 so‘m (+38,65 so‘m), 2-dekabr kuni esa 11 895,57 so‘m (-45,38 so‘m) etib belgilandi. 4-dekabr kuni esa 11 912,38 so‘mga (+31,45 so‘m), 5-dekabr kuni esa 11 963,23 so‘mga (+50,85 so‘m) tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 3,79 so‘mga oshib, 13 974,45 so‘mni, rubl esa 2,6 so‘mga oshib, 157,95 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq 5-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida ma’lum qilgan edik.

