Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida tabiatga 839,7 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Tumanlarda 3 ta holatda huquqbuzarlar tomonidan noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmalari qazib olingan.
Holatlar yuzasidan qonunbuzilish holatini sodir etgan huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
Texnika vositalari esa jarima maydonchasiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirildi.

