Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalga oʻtish oʻyinlari oʻtkazildi. Uy-mehmon tizimida oʻtkazilgan bahslarda 8 ta jamoa navbatdagi bosqichga yoʻl oldi. Repost.uz uchrashuvlarda qanday hisoblar kuzatilgani haqida soʻz yuritadi.
“Milan” — “Feyenoord”
Birinchi oʻyinda Niderlandiya klubi minimal — 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Javob uchrashuvi esa “San Siro”da boʻlib oʻtdi. “Milan” dastlab hisobni ochgan boʻlsa-da, jamoaning ishongan himoyachisi Teo Ernandes qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Ushbu yoʻqotish jamoani qiynab qoʻydi. 73-daqiqada esa mehmonlar milanliklarni jazoladi va yakuniy natijani oʻzlari tomon ogʻdirishdi.
“Atalanta” — “Bryugge”
Dastlab oʻtgan mavsumdagi Yevropa Ligasi gʻoliblari favoritdek tuyulgan edi. Biroq Belgiya klubi bekorga ushbu bosqichgacha yetib kelmaganini isbotlab qoʻydi. Birinchi uchrashuvda oʻz maydonida 2:1 hisobida gʻalabaga erishgan boʻlsa, javob uchrashuvida mehmonda 1:3 hisobida gʻalabani ilib ketdi.
“Bavariya” — “Seltik”
Myunxen klubiga bu raqib qiyinchilik tugʻdirmasligi kerak edi. Biroq kutilganidek boʻlmadi. Dastlabki uchrashuvda mehmonda 1:2 hisobida gʻalabaga erishgan “Bavariya”, javob uchrashuvida ancha qiynaldi.
Myunxendagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Yakuniy natija 3:2 — “Bavariya” foydasiga.
“Benfika” — “Monako”
Taʼkidlash lozim, eng qiziq juftliklardan biri boʻlishini hech kim kutmagan edi. Birinchi oʻyinda portugaliyaliklar 1:0 hisobida gʻalabaga erishgan edi. Javob uchrashuvi esa “gollar yomgʻiri” boʻldi. 3:3 hisobida durang natija “Monako”ga naf keltirmadi. “Benfika” — nimchorak finalda!https://www.youtube.com/embed/0Q435j3wE7o?

