2025-yil 21–23-oktyabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma markazida “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma mehmondo‘stlik va umumiy ovqatlanish tarmog‘ining yetakchi vakillarini, ishlab chiqaruvchilarni, investorlarni, dizaynerlar va turizm mutaxassislarini bir joyga to‘playdi. Unda HoReCa sektori uchun eng so‘nggi texnologiyalar, mahsulotlar va yechimlar taqdim etiladi.
Tadbir doirasida biznes sessiyalar, B2B uchrashuvlar, gastronomik forumlar hamda “Xizmat va qulaylikka investitsiyalar: HoReCa uchun biznes yechimlari” konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda xalqaro ekspertlar sohaning dolzarb tendensiyalari va innovatsiyalari haqida fikr almashadi.
Ko‘rgazma O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlash, xizmat sifati standartlarini oshirish va sohaga yangi investitsiyalar jalb etishga qaratilgan.
Tadbir Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun ko‘rgazmaning rasmiy veb-saytiga tashrif buyurish mumkin.

