OnePlus o‘zining yangi flagmani — Ace 6T smartfonini 3 dekabr kuni taqdim etishini rasman e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Qurilma birinchi bo‘lib Snapdragon 8 Gen 5 chipi, ulkan 8300 mA/soatlik Glacier batareyasi va 100 Vt SuperVOOC tezkor zaryadlashni birlashtiradi.
OnePlus kompaniyasi tez orada taqdim etiladigan Ace 6T flagman smartfonining asosiy texnik xususiyatlarini tasdiqladi. Yangi model dunyoda birinchi bo‘lib Qualcomm Snapdragon 8 Gen 5’ga ega smartfon sifatida e’tirof etilmoqda. Qurilma, shuningdek, rekord darajadagi 8300 mA/soat sig‘imli Glacier batareyasi va 100 Vt SuperVOOC Flash Charge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Rasmiy taqdimot 3 dekabr kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Smartfon uch xil rangda taqdim etiladi: “Shadow Green” (soyali yashil), “Electric Purple” (elektr binafsha) va “Black Flash” (chaqnash qora).
Smartfon 165 Gs yangilanish chastotali displey va 3D ultratovushli barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi. OnePlus China prezidenti Li Ziening ta’kidlashicha, Snapdragon 8 Gen 5 Qualcomm tarixida ilk bor ikki flagman platforma bilan birgalikda chiqarilgan seriyaning bir qismi bo‘lib, ushbu chipset OnePlus va Qualcomm hamkorligida ishlab chiqilgan.

