SpaceX Starlink uskunalarini rekord darajada arzon 90 dollardan sotuvga chiqardi.
NoteBook Check nashrining yozishicha, Ayova shtati, Des-Moines shahridagi Jordan Creek Mall savdo markazida Starlink’ning maxsus avtomati paydo bo‘lgan. Mazkur kioskda Standart Kit atigi 90 dollardan taklif qilinmoqda, bu Starlink paydo bo‘lganidan beri eng past narx sifatida qayd etildi.
Avvallari Starlink uskunalari asosan bepul ijara asosida berilgan bo‘lsa, yangi tizimda qurilmalar xaridor mulkida qoladi. Kiosklar orqali qo‘shimcha aksessuarlar, o‘rnatish moslamalari va routerlar ham sotib olish mumkin.
SpaceX xaridorlar uchun yana bir rag‘batlantiruvchi taklif joriy qilgan: kimki qurilmani sotib olganidan so‘ng xizmatni bir hafta ichida faollashtirsa, unga 100 dollarlik bonus beriladi. Bu deyarli qurilma narxini qoplab, uni bepulga tushishiga olib keladi.

