Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida joylashgan Sho‘rko‘l suv omborida ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Reyd davomida G‘ijduvon tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro tomonidan elektr toki yordamida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan.
Ular tomonidan 17 dona zog‘ora va Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Turkiston mo‘ylovdori ovlangan.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 107 mln 532 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan 18 dona baliq hamda 1 dona rezina qayiq ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.
Tegishli organlarga birlamchi hujjatlar yuborilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

