Chernogoriya hukumati Armaniston, O‘zbekiston va Misr fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi. Bosh vazir Miloyko Spayich raisligida o‘tgan yig‘ilishda:
- Davlat sektorida pensiyaga chiqayotgan xodimlar uchun uch baravar eng kam oylik miqdorida nafaqa to‘lash belgilandi.
- Transport boshqarmasining 2025-yilgi kapital byudjetidan sarflanmagan 7,36 million yevro boshqa infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladi.
- Kuvayt fuqarolari endilikda Chernogoriyaga kirish uchun viza olishi kerak bo‘ladi, Nauru esa vizasiz mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shildi.
- Chernogoriya Hindiston, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Chexiya va Slovakiyada yangi elchixonalar ochadi hamda Belgiya elchixonasi qoshida Lyuksemburgda ofis tashkil etadi.
Bu qarorlar Chernogoriyaning Yevropa Ittifoqi vizalar siyosatiga to‘liq moslashish va to‘laqonli a’zolik yo‘lida amalga oshirilmoqda.

