O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’a tashlash marosimi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Umid qilamanki, qur’a natijalari biz uchun ham, barcha o‘zbekistonlik muxlislar uchun ham maqul bo‘ladi”, — dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimi O‘zbekiston vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Milliy terma jamoa uchinchi savatchadan o‘rin olgan.

