Honor kompaniyasi o‘zining yangi flagmani — Honor Magic8 Pro smartfonining barcha rang variantlaridagi rasmiy suratlarini e’lon qildi. Kompaniya Weibo’dagi sahifasida ushbu modelni “200 megapikselli ultra tungi suratga olish xudosi” deb atagan.
Honor’ning ta’kidlashicha, Magic8 seriyasi “sanoatda tungi suratga olish uchun eng kuchli teleob’yektiv tizimiga ega”. Qurilma 1/1,4 dyuymli 200 megapikselli sensorga va F/2.6 diafragmali teleob’yektivga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Magic8 Pro — CIPA 5.5 darajadagi optik stabilizatsiya tizimiga ega bo‘lgan birinchi Honor smartfoni bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi Magic8 va Magic8 Pro modellari 15-oktabr kuni taqdim etiladi va ular Android 16 asosidagi MagicOS 10 operatsion tizimi bilan ishlaydi.

