Namibiyada cho‘l sherlarining bir guruhi o‘z an’anaviy yashash joylarini tark etib, Atlantika okeani sohiliga joylashdi. Bu haqda BBC nashri ma’lum qildi.
Ular endilikda dunyodagi yagona “dengizbo‘yi sherlar”iga aylanishgan. Belgiyalik fotograf Griet Van Malderen bu hodisani suratga olib, “Yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat fotosurati” tanlovida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Suratda “Gamma” laqabli sher ayoli Namibiya sohilidagi toshli plyajda, to‘lqinlar orasida tyulen jasadini qo‘riqlab turgani aks etgan. Gamma cho‘lda o‘sib ulg‘aygan, ammo tirikchilik uchun dengiz hayvonlarini ovlashni o‘rgangan.

Mutaxassislarning aytishicha, bu sherlar 2017 yildan beri cho‘ldan sohilga ko‘chib o‘tgan va yangi hayot tarziga moslashgan. Endilikda ular dengiz qushlari va tyulenlarni ovlaydi hamda suvdan namlik olgan go‘sht orqali suvga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi.
Gamma va uning avlodlari “dengiz sherlarining” birinchi avlodi sanaladi. Ular cho‘l sherlari orasida eng katta yashash hududiga ega bo‘lib, 12 ming kvadrat kilometrgacha harakatlanadi.
Mutaxassislar bu hayvonlarni saqlab qolish uchun insonlar bilan to‘qnashuvni kamaytirish choralarini ko‘rmoqda.
Fotograf Van Malderen shunday deydi:
“Bu surat hayvonlarning chidamliligi va moslashuvchanligini ko‘rsatadi. Ular yashash uchun o‘z hayot tarzini butunlay o‘zgartira oldi. Bu biz uchun ham saboq — o‘zgarishga qarshi emas, balki uni qabul qilib yashash kerak.”

