2025-yil aprelidan boshlab mamlakat har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qilmoqda. Shu tariqa, yilning to‘qqiz oyida Oʻzbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foiz koʻpdir.
Davlatlar kesimida turistlar oqimi sezilarli oshdi: 2022-yilga nisbatan Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravar koʻpaygan.
Turistik xizmatlar eksporti 3,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.

