OnePlus yaqinlashib kelayotgan global taqdimot oldidan Pad Go 2 planshetining asosiy texnik xususiyatlarini ochiqladi. Qurilma katta ekran, yuqori aniqlik va stilus qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi.
OnePlus Pad Go 2 modeli 12 dyuymli displey bilan taqdim etiladi. Ekran aniqligi 2800×1980 pikselni tashkil etadi, yorqinligi esa 900 kandelagacha yetadi. Panel DCI-P3 rang makonining 98 foizini qamrab oladi. Rasmiy tasdiq bo‘lmagan bo‘lsa-da, yangilanish chastotasi 120 Hz bo‘lishi kutilmoqda.
Planshet Stylo nomli stilusni qo‘llab-quvvatlaydi. U alohida sotilishi mumkin, standart to‘plamga kiritilishi bo‘yicha hozircha ma’lumot berilmagan.
Pad Go 2 MediaTek Dimensity 7300 Ultra protsessori asosida ishlaydi. Qurilma 10 050 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 33 Vt quvvatda tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 6,5 Vt quvvatda simli teskari zaryadlash imkoniyati ham mavjud.
OnePlus planshetning to‘liq texnik tavsiflari va narxini 17-dekabr kungi taqdimotda e’lon qiladi.

