Markaziy bank axborot xizmati 17-oktabr holatiga ko‘ra, barcha toifadagi oltin quymalar narxida o‘sish qayd etilganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma narxi 8,483 million so‘mdan 8,801 million so‘mga oshgan. 10 grammli quyma 16,966 million so‘mdan 17,601 million so‘mga, 20 grammli esa 33,932 million so‘mdan 35,203 million so‘mga ko‘tarilgan. 50 grammli quyma narxi 88 million so‘mga, 100 grammli quyma esa 176,013 million so‘mga yetgan.
Oltin narxining o‘sishi jahon bozoridagi umumiy tendensiyalar bilan bog‘liq. Xususan, 17-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:29 holatiga ko‘ra, oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun 4 361,98 AQSh dollarini tashkil etdi.

