2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4,7 millionga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 415,3 mingta yoki 9,6 foiz ko‘pdir.
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatdagi transport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil qiladi. Ularning ulushi umumiy avtomobillar sonining qariyb 93 foiziga teng.
Transport vositalari turlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:
- 4,4 million yengil avtomobil
- 312,7 ming yuk mashinalari
- 7,5 ming mikroavtobuslar
- 7,3 ming maxsus transport vositalari
- 6 ming avtobuslar
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi orasida yengil avtomobilga talab yuqoriligi davom etmoqda, bu esa soha infratuzilmasi, yo‘l harakati xavfsizligi va transport boshqaruvi tizimiga qo‘shimcha yuklamalar keltirib chiqarmoqda.

