Paramount Skydance kompaniyasi 27-oktabr haftasidan boshlab AQShda 2 mingga yaqin xodimni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters nashri ma’lum qildi.
Bu choralar yangi bosh direktor Devid Ellison rahbarligidagi 2 milliard dollarlik xarajatlarni qisqartirish dasturining bir qismidir, deb xabar berdi Variety.
Mazkur qisqartirishlar avgust oyida yakunlangan 8,4 milliard dollarlik Skydance Media va Paramount Global qo‘shilishi ortidan amalga oshirilmoqda. Manbalarga ko‘ra, kompaniya xalqaro miqyosda ham qo‘shimcha qisqartirishlarni rejalashtirmoqda. To‘liq tafsilotlar 10-noyabr kuni e’lon qilinadigan uchinchi chorak moliyaviy hisobotida ma’lum qilinadi.
Avvalroq Variety 22-avgust kuni Paramount 2 mingdan 3 mingtagacha ish o‘rnini qisqartirishni ko‘zlayotganini xabar qilgan edi.
2024-yil dekabr holatiga ko‘ra, Paramount’da 18,600 nafar doimiy va yarim stavkali xodim hamda 3,500 nafar loyiha asosida ishlovchi xodim faoliyat yuritgan.

