Birlashgan Arab Amirliklarining DP World kompaniyasi va O‘zbekistonning Tashkent Invest shirkati Toshkent shahrida multimodal logistika terminali qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Dubay hukumati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, loyiha qiymati $288 mlnni tashkil etadi.
Loyiha doirasida yangi qo‘shma korxona tuziladi. Undagi 15 foizlik ulush Tashkent Invest — poytaxt hokimligi tasarrufidagi kompaniyaga tegishli bo‘ladi, qolgan qismi esa DP World hissasiga o‘tadi.
DP World rahbari Sulton Ahmad bin Sulayem bu hamkorlik O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda logistika va savdo markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashini aytdi. “Toshkentdagi terminal mintaqaga zamonaviy infratuzilma va ilg‘or logistika yechimlarini olib kiradi”, — dedi u.

