Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bunga ko‘chada sayr-gastro turizm ko‘chasida yirik tadbir o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.
Shu bois Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 10-oktabr soat 09:00 dan 13-oktabr soat 09:00 gacha yopiladi.
Yo‘nalishlarni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olish va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanish so‘ralmoqda.

