Amerikalik robotaksi yetakchisi Waymo 2026-yilda Londonda haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi.
Kompaniya yaqin haftalarda Londonda o‘zining avtopilotli avtomobillarini sinovdan o‘tkazishni, boshqaruvda esa inson “xavfsizlik haydovchisi”ni saqlab qolishni boshlaydi.
Waymo bayonotida aytilishicha, kompaniya “kelgusi oylar davomida Londondagi xizmat uchun asos yaratadi” va “mahalliy hamda milliy rasmiylar bilan hamkorlikda zarur ruxsatlarni olish” ustida ishlaydi.
Waymo haydovchisiz taksilari hozirda AQShning Feniks, San-Fransisko, Los-Anjeles, Atlanta va Ostin shaharlarida faol xizmat ko‘rsatmoqda. Kompaniya bu yil Yaponiyada ham sinov dasturini boshladi, biroq tijoriy xizmat sanasi hali e’lon qilinmagan.
Yangi Buyuk Britaniya avtonom transport qoidalariga ko‘ra, haydovchisiz avtomobillar “ehtiyotkor va malakali inson haydovchisi darajasida xavfsizlikni ta’minlashi” lozim. Waymo 2026-yil bahorida boshlangan hukumatning kichik hajmdagi haydovchisiz taksi va avtobus loyihasida ishtirok etadi.
Shuningdek, kompaniya Transport for London (poytaxtdagi transport tizimini boshqaruvchi idora)ning talablariga ham amal qilishi kerak bo‘ladi.

