Mashhur insayder Digital Chat Station Xiaomi 17 Ultra uchun mo‘ljallangan yangi professional aksessuar haqida yangi tafsilotlarni oshkor qildi.
Ushbu qurilma flagman smartfonni yanada qulay fotoapparatga aylantirishni maqsad qilgan. Aksessuar qo‘lga qulay ushlash uchun ergonomik grip funksiyasini va bir vaqtning o‘zida smartfonni zaryadlay oladigan tashqi akkumulyator imkoniyatini birlashtiradi. Avvalgi avlod Xiaomi 15 Ultra Photography Kit aksessuarini katta qiziqish bilan qabul qilingan edi.
Digital Chat Station maʼlumotlariga ko‘ra, Xiaomi 17 Ultra Snapdragon 8 Elite Gen 5 platformasiga ega bo‘lgan birinchi Ultra-smartfon bo‘ladi. Qurilma Xitoyda uchta asosiy sertifikatsiyani muvaffaqiyatli yakunlagan, bu esa modelning chiqishga tayyor ekanini tasdiqlaydi. Savdolar 2026 yil boshida boshlanishi kutilmoqda.
Kutilayotgan flagman katta diafragma (f/1,6) bilan ishlaydigan yangi avlod LOFIC texnologiyasiga ega asosiy sensor bilan jihozlanadi. Sensorga tegishli samarali diafragma taxminan f/4,5 atrofida bo‘ladi — bu kam yorug‘likda yanada aniq va toza kadrlarni taqdim etadi.
Eng asosiy e’tibor esa 200 megapikselli periskop teleobyektivga qaratilmoqda. Ushbu modul uzoq masofadagi obyektlarni yuqori sifatda suratga olishga imkon beruvchi eksklyuziv to‘liq optik tizimga ega bo‘ladi. Ob’ektivning samarali diafragmasi f/8,6 darajasida bo‘lishi kutilmoqda, bu esa o‘rta va uzoq masofaviy zoomda yanada barqaror va aniq tasvirlarni taqdim etadi.
Insayder avval ham Xiaomi 15, Xiaomi 15 Pro hamda Realme GT 7 Pro haqida to‘g‘ri ma’lumot bergani bilan mashhur. Shuningdek, Dimensity 9400’ning Snapdragon 8 Elite’dan avval chiqishini ham birinchi bo‘lib u ma’lum qilgan edi.

