Yaponiya hukumati SI va yarimo‘tkazgichlar sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha byudjetdan 252,5 milliard iyen (taxminan 1,6 milliard dollar) ajratishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘ sohaning barqaror rivoji uchun yangi moliyaviy bosqichni boshlab beradi.
Yaponiya sun’iy intellekt (SI) va yarimo‘tkazgichlar sanoatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha byudjetdan 252,5 milliard iyen miqdorida mablag‘ ajratishga tayyorlanmoqda. Bu summaning hajmi o‘tgan yilgi qo‘shimcha byudjetda ajratilgan 1,5 trillion iyendan ancha kam.
Rasmiylar ta’kidlashicha, bunda hukumatning yangi yondashuvi aks etmoqda: endilikda AI va yarimo‘tkazgichlar uchun asosiy moliyalashtirish doimiy byudjet doirasidan ta’minlanadi. Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi hamda hukmron partiya vakillariga ko‘ra, bu qaror texnologik sohalar uchun barqaror, uzoq muddatli moliyaviy oqim yaratishga xizmat qiladi.
Yaponiya uchun AI va chip ishlab chiqarish strategik yo‘nalishga aylangan. Mamlakat global raqobat kuchayib borayotgan bir paytda yirik texnologiya kompaniyalarini mahalliylashtirish, ichki ishlab chiqarishni kuchaytirish va ilmiy izlanishlarni jadallashtirishni maqsad qilgan.

