2025-yilning yanvar–noyabr oylari davomida O‘zbekistonda 112 530 dona Chevrolet Cobalt xarid qilindi. Bu model mamlakat bozorida eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lib qolmoqda.
«O‘zavtosanoat» ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning mos davrida Cobalt savdosi 120 499 donani tashkil etgan edi. Joriy yildagi ko‘rsatkich biroz past bo‘lsa-da, model hanuz bozordagi yetakchi avtomobil bo‘lib qolmoqda.
Chevrolet Damas 97 770 dona sotuv bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilgi 96 085 donalik natijadan yuqori. Uchinchi o‘rinda 41 159 dona bilan Chevrolet Tracker joylashgan — zamonaviy dizayn va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan ushbu krossoverga talab yuqoriligicha qolmoqda.
To‘rtinchi pog‘onada Chevrolet Labo — 33 169 dona sotuv bilan. Kichik yuk mashinasi savdo va qurilish sektorida eng talabgir transport vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Beshinchi o‘rinni Chevrolet Onix egallab, 29 197 dona sotuv qayd etdi.
Keyingi o‘rinlarda:
- Chevrolet Sownet — 17 074 dona
- BYD Song Plus DM-i Champion — 6 469 dona
- Geely Yuan Up — 5 376 dona
- BYD Chazor Champion — 4 484 dona
- Chery Arrizo 6 Pro — 3 401 dona
- Chery Tiggo 7 Pro — 3 392 dona
- BYD Song Pro DM-i Champion — 2 617 dona
Brendlar kesimida ham Chevrolet yetakchilikni mustahkamladi — 315 830 dona avtomobil sotilgan. Keyingi o‘rinlarda:
- KIA — 22 882 dona
- BYD — 21 236 dona
- Chery — 9 888 dona
- Haval — 7 734 dona
Hyundai (930 dona) va Isuzu D-Max (400 dona) esa pastroq natija ko‘rsatdi.

