Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, “2+6 dasturi” asosida chet tilini o‘rganayotgan yoshlarga oyiga 400–800 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Bu imkoniyatdan foydalanish uchun talabgorlar o‘rganayotgan til bo‘yicha minimal darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi va dastlabki ikki oylik to‘lovni o‘z hisobidan amalga oshirishi lozim. Shundan so‘ng davlat keyingi 6 oygacha bo‘lgan ta’lim to‘lovining ma’lum qismini qoplab beradi.
Subsidiya har yili 20 ming nafargacha yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mablag‘lar Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan ajratiladi.
Hududga qarab subsidiya miqdori quyidagicha belgilanadi:
- Toshkent shahrida — BHMning 2 baravarigacha,
- Viloyat markazlarida — 1,5 baravarigacha,
- Tuman va shaharlarda — 1 baravarigacha.
Dastur doirasida faqat ro‘yxatdan o‘tgan va elektron nazorat tizimiga ulangan o‘quv markazlari orqali ta’lim olayotgan yoshlarga subsidiya beriladi.

