18-may uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 986,30 so‘m (+10,94 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 83,08 so‘mga pasayib, 13 937,67 so‘mni, rubl esa 0,7 so‘mga oshib, 163,61 so‘mni tashkil qildi.

