Markaziy bank tomonidan 20-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Dollar 25,52 so‘mga pasayib, 11 794,88 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 1,12 so‘mga oshib 13 685,60 so‘m, rubl esa 0,38 so‘mga pasayib 138,67 so‘m bo‘lgan.
Avvalroq Finpress.uz 19-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.


