19-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh dollari kursi qimmatlashishda davom etib, uning rasmiy qiymati 32,29 so‘mga oshdi. Natijada bir dollar 12 012,12 so‘m etib belgilandi.
Yevropa valyutasi ham shunga mos ravishda yuqorilagan. Yangilangan ko‘rsatkichlarga asosan, bir yevro kursi 30,27 so‘mga ko‘tarilib, umumiy hisobda 13 935,26 so‘mni tashkil etmoqda.
Rossiya milliy valyutasi ham qimmatlashish tendensiyasini ko‘rsatdi. Xususan, rubl kursi 1,13 so‘mga o‘sib, uning rasmiy qiymati 166,12 so‘m darajasida o‘rnatilgani ma’lum qilindi.
Avvalroq Financial Press valyuta birjasida savdolar vaqti uzaytirilgani haqida xabar bergan edi.

