O‘zbekistonliklar 2026-yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladilar. Haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 27-maydan 31-maygacha dam olish kunlari etib belgilandi.
2026-yilda Qurbon hayiti 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Prezidentning 2025-yil 24-dekabrdagi tegishli farmoniga ko’ra, barcha o’zbekistonliklar ushbu bayramni to’laqonli nishonlashlari uchun qo’shimcha dam olish kunlari ajratilgan.
Dam olish kunlarining aniq taqsimoti: Ish haftasi qanday bo’lishidan qat’i nazar, barcha oy oxirida quyidagicha ketma-ket dam oladi:
- 27-may (chorshanba): Qurbon hayiti bayrami;
- 28-may (payshanba): Barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 29-may (juma): Barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 30-may (shanba): 6 kunlik ish haftasidagilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni);
- 31-may (yakshanba): Barcha uchun odatiy dam olish kuni.
Shu tariqa, fuqarolar bayram munosabati bilan chorshanbadan yakshanbagacha to’liq hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

